
Musobaqadan o'rin olgan yana bir jang elon qilindi.
Malum bo'lishicha, o'rta vazn toifasida Qozog'istonning Octagon League tashkiloti sobiq chempioni, o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Islom Boltaev turnir doirasida qirg'izistonlik Daniyar Ismailov bilan bahs olib boradi.
Avvalroq, ATFC 25 turnirida yana bir taniqli aralash yakka kurash ustamiz — Humoyun To'xtamurodov ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Islom Boltaev faoliyati davomida hozirga qadar 9 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. 35 yoshli Daniyar Ismailov hisobida esa 13 ta g'alaba, 18 ta mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud.

SHohjahon Ergashevning Salita promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligi yakunlandi (FOTO)