SportUz.Net
iks
ads

Boks bo'yicha IBA Jahon chempionatida bir yo'qotish

07.12.2025 20:15    


Rasmni yuklab olish

BAAning Dubay shahrida boks bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 8,32 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi IBA Jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda jahon chempionatining to'rtinchi kunidan o'rin olgan kunduzgi dastur janglari o'tkazilyapti. Bugungi dasturdan 3 nafar charm qo'lqop ustamizning ringga chiqishi haqida xabar bergan edik. 

Afsuski, ulardan biri musobaqa bilan xayrlashdi. -63,5 kg vazndagi bokschimiz Sayat Ilyasov ikkinchi bosqich jangida Qirg'iz Respublikasi bokschisi Omar Livazaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birozdan so'ng SHavkatjon Boltaev jahon chempionatidagi ilk jangini o'tkazadi. 

Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:

-67 kg: SHavkatjon Boltaev - Osorio Muxanga (Mozambik) 20:45

-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Rukmal Podi (SHri-Lanka) 22:45



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: