
"Men uni "o'yindan chiqqan" deb atamagan bo'lardim. Uning imkoniyati bor edi. Va bularning barchasi nima bilan tugaganini bilasiz (gap Carukyan Islam Maxachev bilan chempionlik jangidan bir necha kun oldin safdan chiqqani haqida - tahririyat). Endi u yana bu huquqni qo'lga kiritishi kerak, Arman yana kamar yo'lidagi kurashga qaytishi lozim. Reytinglardagi raqamlarga esa shunchaki tupuraman", - dedi Uayt UFC 323 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Ko'pchilik Armanning yaqinda Den Xuker ustidan qozongan g'alabasidan so'ng chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritishini kutgan edi, ammo bunday bo'lmadi. Iliya Topuriya faoliyatida tanaffus olgani uchun endi vaqtinchalik chempionlik kamariga Peddi Pimblett va Jastin Getji o'zaro jang o'tkazadi.

Humoyun To'xtamurodov raqibiga faoliyatidagi 26-mag'lubiyatini "sovg'a qildi" (VIDEO)