SportUz.Net
iks
ads

SHahobiddin Zoirov va Madiyar Saidrahimov ringga chiqqadigan IBA.PRO 13 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi

07.12.2025 20:03    


Rasmni yuklab olish

12 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomining asosiy jangi superog'ir vazn toifasida kamar uchun kechadi.

Unda birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Murat Gassiev superog'ir vaznda chempionlik kamari uchun sobiq davogar bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi ringga ko'tariladi. O'n ikki raundlik jang g'olibi WBA Regular kamarini qo'lga kiritadi.  

Biz uchun ahamiyatlisi, IBA.PRO 13 turniri doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazadi. O'ta engil vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov (5-0, 3 KO) venesuelalik Yoel Finol (3-0, 1 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Jang IBA.PRO kamari uchun kechadi. Bu ikki bokschi Rio-2016 Olimpiadasi finalida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda charm qo'lqop ustamiz g'alaba qozongan edi. 

Dubaydagi prof boks oqshomi doirasida yana bir hamyurtimiz Madiya Saidrahimov (3-0, 1 KO) ham profesional ringdagi jangini o'tkazadi. Birinchi og'ir vazn toifasidagi bokschimiz 8 raundlik jangda rossiyalik David Dzukaev (11-0, 7 KO) bilan hisob-kitob qiladi.  

Turnirning to'liq kardi:

1. Ayollar engil vazn toifasi, 8 raund: Estel Mosseli (Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, 11-0-1, 1 KO, Franciya) – Ellen Simvaka (13-7-2, 8 KO, Malavi);

2. Ikkinchi o'ta engil vazn, 8 raund: Samuel Karmona (13-1, 5 KO, Ispaniya) – Immanuel Jozev (17-4-1, 7 KO, Namibiya);

3. Birinchi og'ir vazn, 8 raund: David Dzukaev (11-0, 7 KO, Rossiya) – Madiyar Saidrahimov (3-0, 1 KO, O'zbekiston);

4. Engil vazn, 10 raund, WBA Intercontinental kamari uchun: Daud Alaev (13-1, 7 KO, Rossiya) – Dodi Boy Pnyalosa (31-7-3, 13 KO, Filippin);

5. Yarim o'rta vazn, 10 raund, WBA Intercontinental kamari uchun: Xuseyn Baysangurov (25-1, 20 KO, Rossiya) – Fayzan Anvar (20-0, 9 KO, Hindiston); 

6. Superog'ir vazn, 8 raund, IBA.PRO Intercontinental kamari uchun: Artyom Suslenkov (13-0, 8 KO, Rossiya) – Stenli Rayt (14-1, 11 KO, AQSH);

7. O'rta vazn, 8 raund: Niko Ali Uolsh (11-2-1, 5 KO, AQSH) – Jeremaya Sservadda (12-4-1, 9 KO, Uganda).

8. Yarim o'rta vazn, 12 raund, IBO chempionlik kamari uchun: Vadim Musaev (13-0, 8 KO, Rossiya) – Tulani Mbenge (22-2, 16 KO, JAR);

9. Birinchi yarim o'rta vazn, 12 raund, WBA kamari uchun Eliminator jangi: Xariton Agrba (16-1, 9 KO, Rossiya) – Ruben Munoz (18-2, 14 KO, Argentina).

10. O'ta engil vazn, 10 raund, IBA.PRO kamari uchun: Yoel Finol (3-0, 1 KO, Venesuela) – SHahobiddin Zoirov (5-0, 3 KO, O'zbekiston). 

11. Engil vazn, 10 raund, WBA kamari uchun Eliminator jangi: Bahodur Usmonov (11-0, 5 KO, Tojikiston) – Maksi Xyuz (29-7-2, 6 KO, Buyuk Britaniya);

12. Superog'ir vazn, 12 raund, WBA Regular kamari uchun: Murat Gassiev (32-2, 25 KO, Rossiya) – Kubrat Pulev (32-3, 14 KO, Bolgariya).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: