
Ayni daqiqalarda jahon chempionatining to'rtinchi kunidan o'rin olgan kunduzgi dastur janglari o'tkazilyapti. Bugungi dasturdan 3 nafar charm qo'lqop ustamizning ringga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Afsuski, ulardan biri musobaqa bilan xayrlashdi. -63,5 kg vazndagi bokschimiz Sayat Ilyasov ikkinchi bosqich jangida Qirg'iz Respublikasi bokschisi Omar Livazaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birozdan so'ng SHavkatjon Boltaev jahon chempionatidagi ilk jangini o'tkazadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-67 kg: SHavkatjon Boltaev - Osorio Muxanga (Mozambik) 20:45
-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Rukmal Podi (SHri-Lanka) 22:45

Humoyun To'xtamurodov raqibiga faoliyatidagi 26-mag'lubiyatini "sovg'a qildi" (VIDEO)