
Afsuski, bugungi ringga chiqishi rejalashtirilgan uch bokschimizdan ikki nafari mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatidagi ishtirokini erta yakunladi.
Sayat Ilyasov (-63,5 kg)dan keyin SHavkatjon Boltaev ham musobaqa bilan xayrlashdi. -67 kg vazndagi bokschimiz ilk jangidayoq Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi, mozambiklik Osorio Muxangga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkala bokschi ham bir marotabadan nokdaun holatiga tushib qoldi.
Malumot uchun, SHavkatjon Boltaev shu yil Liverpul shahrida o'tkazilgan Jahon chempionatining 1/4 finalida iordaniyalik Zeyad Eashashga yutqazib, medalsiz qolgandi. Bir soatlardan so'ng Xo'janazar Nortojiev (-57 kg) ilk jangida SHri-Lanka bokschisi Rukmal Podiga qarshi ringga ko'tariladi.

Humoyun To'xtamurodov raqibiga faoliyatidagi 26-mag'lubiyatini "sovg'a qildi" (VIDEO)