SportUz.Net
iks
ads

Rasman: WBA SHahram G'iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga buyruq berdi + FOTO

14.10.2025 10:09    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks assosiaciyasi (WBA) yarim o'rta vazn toifasida chempionlik jangiga buyruq berdi.

Ushbu vazn toifasidagi amaldagi chempion Rolando Romero o'z kamarini o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosovdan himoya qilishi belgilab berdi.

Bokschilarning jamoalariga muzokaralar o'tkazish uchun 30 kun vaqt berildi. Muddat 13 noyabr kuni nihoyasiga etadi. Bu vaqt davomida tomonlar kelishuvga erisha olmasa, jangni tashkil etish promouterlar o'rtasida ochiq savdo o'tkaziladi. 

Malumot uchun, amerikalik 30 yoshli Rolando Romero faoliyati davomida hozirga qadar 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangida hamyurti Rayan Garsiyadan ustun kelgandi. 32 yashar SHahram G'iyosov hisobida esa 17 ta g'alaba bor. Hamyurtimiz 14 noyabr kuni Toshkentda rossiyalik Mark Urvanov bilan jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: