O'ta engil va eng engil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni amerikalik Genri Sexudo UFC 323 turnirida hamyurti Peyton Talbottga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi. Bu jang ham UFC rahbari Dana Uayt tomonidan rasman tasdiqlandi.
Rasmiy malumotga ko'ra, Sexudo — Talbott jangi turnirning anderkardidan o'rin oladi va yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi. 38 yoshli Genri Sexudo uchta mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U Aljameyn Sterling, Merab Dvalishvili va Song Yadongga yutqazib qo'ygan.
Peyton Talbott esa shu yilning iyun oyida hakamlarning yakdil qarori bilan Felipe Limani mag'lubiyatga uchratgan edi. Ungacha 27 yoshli jangchi Raoni Barselosga imkoniyatni boy bergandi. Bu Peytonning faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'lgandi.
Taqqoslash uchun, Genri Sexudo ketma-ket uchta mag'lubiyatga qaramay, ayni paytda o'ta engil vazn toifasi reytingida 10-o'rinni egallab turibdi. Peyton Talbott esa hali divizionning Top-15 jangchilari reytingiga kirmagan.