SportUz.Net
iks
ads

Ramazon Temirovning vaznidagi chempionlik jangi ham tasdiqlandi + POSTER

14.10.2025 08:24    


Rasmni yuklab olish

Bogdan Guskov oktagonga chiquvchi yilning so'nggi raqamlangan UFC turniri kardida ikkita chempionlik jangi bo'ladi.

Bizning vaqt bilan 7 dekabr kuni tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 323 turnirida eng engil vazn toifasi chempioni braziliyalik Aleksandr Pantoja (14-3) myanmalik davogar Joshua Van (8-1)dan kamarini himoya qiladi. Bu jangni ham tashkilot prezidenti Dana Uayt rasman tasdiqladi. 

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Pantoja oxirgi jangini Yangi Zelandiya vakili Kay Kara-Fransga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda bo'g'ib qo'ygandi. Bu bilan Pantoja o'ziga tegishli chempionlik kamarini to'rtinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. 

Malumot uchun, UFC 323 turnirining asosiy jangi o'ta engil vazn toifasi chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda rossiyalik sobiq divizion chempioni Pyotr Yan o'rtasida bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz Bogdan Guskov ushbu turnir doirasida yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni polshalik Yan Blaxovichga qarshi oktagonga ko'tariladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: