Biz uchun ahamiyatlisi, UFC shartnomasi o'ynaladigan mazkur turnirda og'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Azamat Nuftillaev serbiyalik Yovan Lekaga qarshi oktagonga chiqadi. G'olib dunyoning eng kuchli ligasi jangchisiga aylanadi.
Har ikki jangchi rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida ishtirok etishdi. 31 yoshli hamyurtimiz 106,1 kg, 23 yashar Leka esa 117,4 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, Azamat Nuftillaev faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Yovan Leka hisobida esa 10 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.