SportUz.Net
iks
ads

Rasman! Bogdan Guskovning sobiq UFC chempioniga qarshi jangi tasdiqlandi + POSTER

14.10.2025 07:00    


Rasmni yuklab olish

Yana bir quvonchli xabar shundaki, hamyurtimizning jangi yilning so'nggi raqamli turnirida bo'lib o'tadi.

Avvalroq, Bogdanning 22 noyabr kuni Qatarda o'tkaziladigan turnirda aynan Blaxovichga qarshi oktagonga chiqishi aytilgandi. Endi esa Guskov yilning so'nggi raqamlangan turnirida yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioniga qarshi jang qiladi. Ehtimoliy g'alaba uni davogarlar safiga yaqinlashtiradi. 

UFC 323 turniri bizning vaqt bilan 7 dekabr kuni tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. 33 yoshli aralash yakkakurash ustamiz ayni paytda UFC yarim og'ir vazn reytingida 11-o'rinni egallab turibdi. Polshalik 42 yoshli Yan esa divizion reytingida 4-pog'onadan joy olgan. 

Malumot uchun, Bogdan Guskov 26 iyul kuni Abu-Dabida o'tgan UFC on ABC 9 turnirida rossiyalik Nikita Krilovni birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. U debyut jangida Volkan Ozdemirga yutqazganidan keyin Zak Pauga, Rayan Spenn, Billi Elekana va Nikita Krilovni muddatidan avval taslim etib, reytingda 11-o'ringa ko'tarildi. 

Yan Blaxovich esa ikkita mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. U so'nggi ikkita jangida hozirgi chempion Aleks Pereyra hamda Karlos Ulbergga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: