Xorijiy nashrlarning malum qilishicha, turnir doirasilda eng engil vazn toifasida UFC amaldagi chempioni bo'lib turgan gruziyalik Merab Dvalishvili rossiyalik sobiq chempion Petr Yan bilan to'qnash keladi.
Bu har ikki sportchi uchun o'zaro ikkinchi bellashuvga aylanadi. 2023 yil may oyida o'tkazilgan dastlabki bahsda Merab Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori ila g'olib bo'lgandi.
34 yoshli Merab 5 oktyabr kuni AQSH vakili Kori Sendxagen bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Uning bo'lajak raqibi Petr Yan hozirda UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Ramazon Temirovning vaznidagi myanmalik sportchi UFC kamari uchun jang qiladigan bo'ldi