SportUz.Net
iks
ads

Xyuz Nurmagomedovdan mag'lub bo'lganini tan oldi, lekin bunda bir kishini aybladi

10.10.2025 14:57    


Rasmni yuklab olish

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Pol Xyuz Usman Nurmagomedovga qarshi revansh jangida mag'lubiyatga uchraganiga etiroz bildirmasa-da, chempionlik jangini boshqargan hakam Kit Piterson o'z ishini yaxshi bajargan deb hisoblamaydi.

Xususan, Xyuz nima uchun rossiyalik jangchi Piterson tasodifiy deb hisoblagan uchta zarba uchun jazoga tortilmaganini tushunmayapti.

"SHubhasiz, ochkoni yuz foiz olib tashlash kerak edi. Rostdan ham, uchta qo'pollik - bu juda ko'p. Qoidalarga amal qilinmasa, ularning nima keragi bor? Buni men hali bosh bilan berilgan zarba deb hisoblamayman, bu ham, o'z-o'zidan malumki, qoidabuzarlik. Ha, menimcha, hakam o'z ishini yaxshi uddalay olmadi", - dedi irlandiyalik Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

SHunga qaramay, Xyuz g'alabaga loyiq bo'lgan jang ko'rsatmaganini ham tan oldi. 

"Men beparvolik bilan harakat qilganimni his qilyapman - qo'llarim va oyoqlarim bir maromda ishlamadi. SHunchaki uni engish uchun hamma narsani kerakli tarzda bir joyga to'play olmadim. 110 foiz harakat qilish kerak edi, men esa bunday qilmadim - va men g'alaba qozona olmadim", - deya qo'shimcha qildi Xyuz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: