SportUz.Net
iks
ads

Yoel Romero qo'lqopsiz janglarida debyut qildi

13.09.2025 14:45    


Rasmni yuklab olish

UFC va Bellator chempionlik kamarlariga sobiq davogar Yoel Romero Floridada bo'lib o'tgan BKFC 80 turnirida jang o'tkazdi.

Og'ir vazn toifasida kechgan ushbu to'qnashuvda kubalik 48 yoshli Romero raqibi Teo Dukas ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonib, qo'lqopsiz janglarda muvaffaqiyatli debyut qildi.

Jang davomida Romero Dukasni uch marta nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Uchinchi nokdaundan keyin referi ikkinchi raundning ikkinchi daqiqasida jangni to'xtatdi. Amerikalik sportchi peshonasidagi jiddiy jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi. 

Romero 2020 yilda UFC`ni tark etganidan keyin turli Ligalarda sakkizta jang o'tkazib, 6 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etdi. Ikki mag'lubiyatini Fil Devis va Vadim Nemkovdan qabul qilib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: