SportUz.Net
iks
ads

Xabib Nurmagomedov: "Usman Topuriyadan kuchliroq"

13.09.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jiyani Usman Nurmagomedovni chempion Iliya Topuriyadan ustun qo'ydi.

Usman Nurmagomedovning fikricha, UFC chempionlik kamari sohibi Iliya Topuriya dunyoning eng yaxshi engil vazn toifasidagi jangchisi emas. Bu fikrga uning qarindoshi va murabbiyi Xabib Nurmagomedov ham qo'shildi.

"Kim kuchli ekanini aniqlash uchun ular o'zaro jang o'tkazishlari kerak. Odamlar istalgan narsani aytishlari mumkin - Iliya yoki Usmonni eng yaxshisi deb. SHaxsiy fikrim, agar ularni ko'p qirrali jangchilar sifatida taqqoslasak, menimcha, Usmon yaxshiroq", - dedi katta Nurmagomedov.

Malumot uchun, 27 yoshli Usman Nurmagomedov 3 oktyabr kuni PFL Ligasining Dubaydagi turniri asosiy jangida irlandiyalik Pol Xyuzga qarshi revansh jangida engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi.

Iyun oyida engil vaznda vakant qolgan UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan 28 yoshli Iliya Topuriya esa yaqinda bergan intervyusida o'zining navbatdagi jangi bo'yicha muzokaralar davom etayotgani, ammo katta ehtimol bilan 2026 yilgacha oktagonga qaytmasligini aytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: