"Bu aynan men kutgan oqshom bo'ladi. Qaytayotganimdan juda xursandman. Qo'limdan nima kelishini ko'rsatish uchun Oq uy yonidagi maysazordan ham yaxshiroq joy bo'lishi mumkinmi? Hozirning o'zida nihoyatda hayajondaman. Oxirigacha shunday bo'lib qolsin", - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi Championship Rounds.
Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Makgregorga Oq uydagi UFC turnirida jang o'tkazishga tayyormi yoki yo'qligi haqida javob bergandi. U Makgregorning turnirda ishtirok etishiga umid bildirgandi.