Oqshom doirasida erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Geybl Stivson MMAdagi debyutini o'tkazdi. Amerikalik nomdor kurashchining raqibi hamyurti Breyden Peterson bo'ldi. Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Stivson raqibini o'z uslubida, yani parterda mag'lubiyatga uchratdi.
Stivesonni oktagonga murabbiy va sekundant sifatida ikki vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jons olib chiqdi. Jang avvalida bir nechta zarbalarni o'tkazib yuborganiga qaramay, Geybl Petersonni teykdaunga tushira oldi va ketma-ket zarbalar seriyasidan keyin referi jangni to'xtatdi. Bu paytda 1-raundning 1-daqiqasi 38-soniyasi o'tib borayotgandi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Stivson 2020 yil Tokioda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida erkin kurash bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritgan edi.