SportUz.Net
iks
ads

Ikki karra Olimpiada chempioni Arlen Lopes prof boksdagi 6-jangini o'tkazdi

13.09.2025 13:00    


Rasmni yuklab olish

Kecha oqshom Germaniyaning Berlin shahrida professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Uning doirasida havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Arlen Lopes professional ringdagi o'zining oltinchi jangini o'tkazdi. Yarimog'ir vazn toifasidagi kubalik bokschi kolumbiyalik Xairo Delgadoga qarshi ringga ko'tarildi. 

O'n raund to'liq davom etgan jangda Arlen hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. To'qqizinchi raundda Delgado nokdaun holatiga ham tushib qoldi. Uchchala hakam ham Lopesning jangdagi g'alabasini taminlashdi — 98:91, 99:90, 100:89. Arlen Lopes prof boksdagi 6 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. 

Yana bir qiziqarli jangda kubalik engil vazn toifasi vakili, uch karra jahon chempioni Lazaro Alvares venesuelalik Anxel Rodrigesni 10 raund to'liq davom etgan jangda ochkolar (98:92, 98:92, 100:90) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: