UFC matbuot xizmati ushbu turnirning bonus sohiblarini elon qildi. Finishlar soni ko'pligi sabab tashkilotchilarga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarlik mukofot puli sohiblarini aniqlash qiyin bo'ldi.
Ikkinchi raundda braziliyalik Maurisio Ruffini bo'g'ib qo'ygan Benua Sen-Deni to'rtta bonusdan biriga ega chiqdi. Aynan Ruffi engil vazn toifasining kelajagi sifatida qaralayotgandi. Franciyalik aralash yakkakurash ustasi esa o'z vatandoshlari ko'z o'ngida uni muddatidan avval taslim etdi.
SHuningdek, Meyson Jons, Ante Deliya va Kaui Fernandes ham 50 000 dollarlik chekni qo'lga kiritishdi. Parij turnirida oktagonga chiqqan rossiyalik yagona jangchi Rinat "Gladiator" Faxretdinov 54 soniyada shveciyalik Andreas Gustafssonni nokautga uchratdi. Lekin unga bonus nasib qilmadi.