SportUz.Net
iks
ads

Xamzat CHimaev Imavov - Borralo jangiga ikkita so'z bilan munosabat bildirdi

07.09.2025 12:27    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev deyarli davogarlik maqomidagi Nassurdin Imavov - Kayo Borralo jangi haqida gapirdi.

Kecha Franciya poytaxti Parij shahrida o'tgan UFC Fight Night 258 turnirining asosiy jangida Imavov besh raund yakunlariga ko'ra braziliyalik aralash yakkakurash ustasini ochkolar (50-45, 49-46, 49-46) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.   

"Yaxshi jang. Assalamu alaykum", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan "Borz".

Nassurdin Imavov divizion reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kechagi g'alaba uning chempionlik jangida oktagonga chiqish imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi. Oktyabr oyida niderlandiyalik Rene de Ridder va amerikalik Entoni Ernandes o'rtasida jang o'tkaziladi. Ushbu jang g'olibi ham Xamzat CHimaevning kamari uchun davogarlardan biriga aylanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: