SportUz.Net
iks
ads

Octagon 78: Nuriddinov kamar uchun jang qildi, Asadbekda nokautli g'alaba va qolgan aralash yakkakurashchilarimizning natijalari

08.09.2025 09:18    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 78 turniri o'tkazildi.

Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Saidotaxon Nuriddinov Qozog'iston vakili Bogdan Pshelbeskiy bilan to'qnash keldi. Yarimo'rta vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun kechgan jangda Nuriddinov ikkinchi raundda raqibiga bo'g'ish usuli orqali imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Hamyurtlarimizning Octagon 78 turnirida qayd etgan natijalari:

Markaziy jang. Yarim o'rta vaznda chempionlik kamari uchun: Saidotaxon Nuriddinov (8-3) - Bogdan Pshelbeskiy (Qozog'iston, 7-2), (2-raundda bo'g'ish usuli bilan);

Co main event. Engil vaznda: Asadbek Qahhorov (8-3) - Niko Jakoniya (Gruziya, 6-3), (2-raundda TKO orqali);

Yarim o'rta vaznda: Afzalbek Abdurahimov (2-1) - German Efremov (Qozog'iston, 2-1), (1-raundda KO orqali);

Eng engil vaznda: Xusniddin Nasriddinov (4-2) - Xangeldi Serikxan (Qozog'iston, 3-1), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

Engil vaznda: Jahongir Rohataliev (1-0-1) - Magjan Januzakov (Qozog'iston, 1-0-1), (Jang durang bilan yakunlandi);

Engil vaznda: Asilbek Qorjonov (1-1) - Meyirbek Israilov (Qozog'iston, 2-0), (1-raundda KO orqali).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: