SportUz.Net
iks
ads

SHon Striklend Aleks Pereyraning mashg'ulotlariga qo'shildi (FOTO)

09.09.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida braziliyalik UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra keyingi jangi uchun tayyorgarlik olib bormoqda.

U 5 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida o'tkaziladigan UFC 320 turnirining markaziy bahsida yarim og'ir vazn toifasining amaldagi rossiyalik chempioni Magomed Ankalaevga qarshi oktagonga chiqadi.

Revansh uchun jiddiy tayyorlanayotgan Pereyraning mashg'ulotlariga o'rta vazn toifasining sobiq chempioni, amerikalik SHon Striklend ham kelib qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, Pereyra va Ankalaev o'rtasidagi ilk jangda rus sportchisi ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: