-80 kg vazn toifasidagi iqtidordi bokschimiz Javohir Ummataliev ilk davrada polshalik Nikodem Kozakka qarshi ringga ko'tarildi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Ummataliev evropalik raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlar 5:0 hisobini qayd etishdi. Javohir ikkinchi raundda Kozakni nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi.
Bugun yana uch nafar bokschimiz ishtirokida jang bo'lib o'tadi:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (CHernogoriya) B ring. 22:30
-70 kg: Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya) A ring. 23:30
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jianxao Ju (Xitoy) B ring. 01:45
To'rabek Xabibullaev JCH chorak finaliga yo'l oldi, navbatdagi raqib Qozog'istondan bo'ladi