Musobaqaning beshinchi kuni doirasida -54 kg vaznli bokschimiz Nigina O'ktamova ikkinchi jangini o'tkazdi. Ushbu jangda hamyurtimizga vengriyalik Anna Lakotar raqiblik qildi.
To'liq davom etgan jangda Nigina O'ktamova 5:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi bokschimiz navbatdagi jangini 10 sentyabr kuni chorak final doirasida AQSH yoki Irlandiya vakilasiga qarshi o'tkazadi.
Nigina musobaqadagi birinchi jangida qozog'istonlik Elina Bazarovadan ustun kelgandi.
Bugun shuningdek yana 6 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Jahon chempionati: Fazliddin Erkinboev turkiyalik raqibi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi