Bugun musobaqa doirasida -70 kg vaznli bokschimiz SHavkatjon Boltaev ikkinchi jangini o'tkazdi. Ushbu jangda bokschimizga Ispaniya vakili Barnad Martinez raqiblik qildi.
To'liq davom etgan jangda bokschimiz 3:0 hisobida g'alabaga erishib, uchinchi bosqichga yo'l oldi. Ikki nafar hakam esa durang qayd etdi.
Qayd etish lozimki, Boltaev 1-raundda imkoniyatni boy bergandi. 2-raundda esa raqibini nokdaun holatiga tushirgan holda, vaziyatni o'z tomoniga og'dira oldi.
Bokschimiz musobaqadagi ilk jangida shveciyalik bokschini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun shuningdek yana 5 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Jahon chempionati: Fazliddin Erkinboev turkiyalik raqibi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi