Biroz oldin yana bir charm qo'lqop ustamiz Xumorabonu Mamajonova dunyo birinchiligidagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
57 kg vazn toifasidagi bokschimiz CHernogoriya vakili Boyana Goykovichga qarshi kechgan bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida zafar quchdi.
Endi u 10 sentyabr kuni chorak final bosqichi doirasida ringga chiqadi.
To'rabek Xabibullaev JCH chorak finaliga yo'l oldi, navbatdagi raqib Qozog'istondan bo'ladi