Musobaqaning markaziy bahsida gulistonlik 22 yoshli sportchi Asadbek Xolbo'taev Ozarbayjon vakili Kerib Nesefovga qarshi oktagonga chiqdi.
Uch raund etib belgilangan jangda Asadbek birinchi raunddayoq raqibini oyoq zarbasi orqali yiqitib, so'ngra ketma-ket zarbalari bilan texnik nokautga uchratdi.
SHuningdek, turnir doirasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi SHohjahon Temirov Jahongir Gaibov bilan to'qnash keldi va birinchi raundda nokaut orqali zafar quchdi. Har ikki atletda bu prof MMAdagi ilk bahs edi.