Bugun jahon chempionatining to'rtinchi kuni ham xuddi kechagi singari 5 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tariladi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi hamda jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham bor. -65 kg vazn toifasidagi bokschimiz ilk jangida xitoylik Jianxao Juga qarshi ringga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 01:45da boshlanadi.
Kun davomida shuningdek, Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg), Javohir Ummataliev (-80 kg), Xumorabonu Mamajonova (-57 kg) va Aziza Zokirova (-70 kg) jahon chempionatidagi ishtiroklariga kirishishadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Pavan Bartval (Hindiston) B ring. 16:00
-80 kg: Javohir Ummataliev - Nikodem Kozak (Polsha) A ring. 17:45
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (CHernogoriya) B ring. 22:30
-70 kg: Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya) A ring. 23:30
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jianxao Ju (Xitoy) B ring. 01:45
Birinchi dastur odatdagidek Toshkent vaqti bilan soat 15:00, kechki dastur esa 22:00`da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, kecha Feruza Kazakova (-51 kg), SHavkatjon Boltaev (-71 kg), Sitora Turdibekova (-60 kg) va Oltinoy Sotimboeva (+80 kg) jahon chempionatida muvaffaqiyatli start olishgan edi.