SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev kecha yutqazgan Maurisio Ruffiga maslahat berdi

07.09.2025 13:30    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Islam Maxachev Maurisio Ruffining kechagi kutilmagan mag'lubiyatini etiborsiz qoldirmadi.

Braziliyalik aralash yakkurash ustasi tajribali Benua Sen-Deniga kutilmaganda imkoniyatni boy bergandi. Franciyalik jangchi o'z vatandoshlari ko'z o'ngida raqibini ikkinchi raundda bo'g'ib qo'ydi.  

"G'alaba qozonadimi yoki yutqazadimi, Ruffida greppling yo'q. Ko'proq mashg'ulot qil, kamroq gapir. Muvaffaqiyatning kaliti shu", – deya xuddi oldindan bilgandek, jangning birinchi raundidan keyinoq o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida murojaat yozib qoldirgan Maxachev.  

Maurisio Ruffi jangdan oldingi intervyusida parterdagi kurash va nazorat orqali raqiblaridan ustunlik qiladigan jangchilar P4P reytingida etakchilik qila olmasligini aytgandi. Kamiga samboni zerikarli sport turi degandi.

Mag'lubiyatga uchragan 29 yoshli braziliyalik etti g'alabadan iborat seriyasini to'xtatdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: