Stendap-komik sifatida ham mashhur bo'lgan amerikalik 1997 yilda intervyu oluvchi sifatida UFC bilan hamkorlik qilishni boshlagan. 2001 yilda, yani Dana Uayt tashkilot rahbari bo'lgach, Rogan promoushenning asosiy sharhlovchisiga aylangan. U deyarli chorak asrdan beri bu vazifani sharaf bilan uddalab kelyapti.
Manbalarga ko'ra, Roganning boyligi taxminan 200 million dollarni tashkil etadi, bu esa uni UFC bilan bog'liq eng boy odamlardan biriga aylantiradi. SHu bilan birga, Rogan faqat Liga oyiga o'rtacha bir marta o'tkazadigan raqamli turnirlarda ishlaydi va har bir shou uchun taxminan 50 ming dollar oladi.
UFC sharhlovchisi sifatida va sahnada yaxshi pul topgan Roganning asosiy daromad manbai uning "The Joe Rogan Experience" podkasti bo'lib, u dunyodagi eng mashhur ko'rsatuvlardan biri hisoblanadi. Podkast oyiga taxminan 14 million tomoshabin yig'adi. Rogan 2024 yilda Rogan Spotify raqamli platformasi bilan 250 million dollardan ko'poq summadagi shartnomaga imzo chekadi. Bu bilan Jo avvalgi "Fear Factor" shousining sobiq boshlovchisi sifatida olgan 200 million dollarlik rekordini yangilaydi.
Amerikalik 57 yoshli Jo Rogan navbatdagi 50 ming dollarlik chekni kelasi hafta oxirida CHikagoda bo'lib o'tadigan UFC 319 turnirida Drikus Dyu Plessi - Hamzat CHimaev, Nursulton Ro'ziboev - Brayan Battl va boshqa janglarni sharhlaganida oladi.