Xiromasa Urakava Tokiodagi turnirda og'ir nokautga uchraganidan bir hafta o'tib vafot etdi. Bu haqda Butunjahon boks tashkiloti (WBO) o'z ijtimoiy tarmoqlarida malum qildi.
Manbaga ko'ra, 2 avgust kuni 28 yoshli sportchi sakkizinchi raundda hamyurti Yoji Saytoga nokaut bilan yutqazgan. Bir kun oldin xuddi shu turnirda boshqa bir yaponiyalik bokschi - 28 yoshli Sigetosi Kotari vafot etgandi, u ham jangda bosh qismidan og'ir jarohatlar olgan edi.
"WBO 2 avgust kuni Tokiodagi Korakuen zalida Yodzi Saytoga qarshi jangda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan yaponiyalik bokschi Xiromasa Urakavaning vafoti munosabati bilan motam tutadi. Bu yurakni ezuvchi xabar Sigetosi Kotari vafot etganidan ikki kun o'tib paydo bo'ldi, u xuddi shu kartdagi jangda olgan jarohatlari sabab vafot etdi. Ushbu o'ta og'ir damda bokschilarning oila azolari va yaqinlariga boks jamoatchiligi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz", - deyiladi WBO bayonotida.
Malumot uchun, Xiromasa Urakava faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgandi. Aprel oyida u aynan Kotarini oltinchi raundda nokautga uchratib, so'nggi g'alabasiga erishgan edi.