World Boxing tomonidan tashkil etilayotgan qita birinchiligida bugun yoshlar (U-19) o'rtasida Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari aniqlandi. Bugungi final janglarida terma jamoamizning 10 nafar bokschisi Osiyo chempionligi uchun ringga ko'tarildi. Ulardan 7 nafari o'z vazn toifalarida Osiyo chempioniga aylanishdi. Qolgan 3 nafari kumush medal bilan taqdirlanadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, medallar yo'lidagi asosiy raqibimiz hisoblangan Qozog'iston terma jamoasining 7 nafar bokschisi (5 o'g'il bolalar) final janglarida ringga chiqdi. Qizig'i 3 ta juftlikda o'zbek-qozoq qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik va uchchala jangda ham hamyurtlarimiz raqiblarini ishonchli tarzda mag'lub etishdi.
O'zbek-qozoq bokschilari qarama-qarshiligi:
70 kg: Abdulaziz Jo'raqulov - Beybaris Ashirbay 4:1
80 kg: Norbek Abdullaev - Timur Taybekov 4:1
85 kg: Samir Sobirov - Nursultan Kistaubay 5:0
Hamyurtlarimizdan Sevara Mamatova (60 kg), Sobiraxon SHahobiddinova (+81 kg), Jahongir Zayniddinov (65 kg), Abdulaziz Jo'raqulov (70 kg), Norbek Abdullaev (80 kg), Samir Sobirov (85 kg) va Islam Salixov (+90 kg) o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'lishdi. Maftuna Musurmonova (48 kg), Rayhona Qurbonboeva (70 kg) va Muhammadjon Yakubboev (75 kg) Osiyo chempionatining kumush, Abdurahmon Mahmudjonov (-60 kg), Maftuna Yangieva (-75 kg) va Ruxshona Parpieva (-81 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
Osiyo chempionati yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 kumush, 3 ta bronza, jami 13 ta medal medal umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Hindiston va Xitoy terma jamoalari kuchli uchlikka yakun yasashdi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi final janglari natijasi:
-60 kg: Sevara Mamatova - Vini (Hindiston) 5:0
-70 kg: Rayhona Qurbonboeva - Abudureyimu Alimire (Xitoy) 0:5
+80 kg: Sobiraxon SHaxobiddinova - Parchi Tokas (Hindiston) 5:0
-48 kg: Maftuna Musurmonova - CHiranan Dapphonhan (Tailand) 2:3
-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Mausam Suhag (Hindiston) 5:0
-70 kg: Abdulaziz Jo'raqulov - Ashirbay Bibaris (Qozog'iston) 4:1
-75 kg: Muhammadjon Yaqupboev - Rahul Kundu (Hindiston) 1:4
-80 kg: Norbek Abdullaev - Timur Taibekov (Qozog'iston) 4:1
-85 kg: Samir Sobirov - Nursultan Kistaubay (Qozog'iston) 5:0
+90 kg: Islam Salihov - Orxan Agaev (Birlashgan Arab Amirliklari) 5:0