Xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustasi Havasbek Asadullaev rossiyalik Vadim Lubsanovga qarshi bahs olib bordi.
8 raund etib belgilangan bellashuv to'liq davom etdi. Yakunda 25 yashar Asadullaev hakamlarning yakdil qarori bilan o'z g'alabasini nishonladi.
SHunday qilib, Havasbek prof faoliyatidagi 4-jangida 4-g'alabasiga ega chiqdi. 28 yoshli Vadim Lubsanov hisobida esa endi 11 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.