Rossiya Federaciyasi Oltoy Respublikasi MMA Federaciyasi prezidenti Aleksey Kalbukov Tyungur qishlog'idagi to'yda pichoqlangan. SHOT telegram-kanalining xabar berishicha, Kalbukov hamda to'yga kelgan va mast holatda bo'lgan mehmonlarning biri o'rtasida nizo yuzaga kelgan.
"74 yoshli pensioner o'zi o'tirgan joydan turib, Kalbukov yoniga keldi va uning ko'krak qafasiga pichok bilan zarba bergan. Buning natijasida u voqea joyida vafot etdi. Qotil qo'lga olingan", — deya voqeylik haqida xabar bergan huquqni muhofaza qilish organi xodimi.
Aleksey Kalbukov tog'li Oltoydagi "AK-KEM" aralash yakkakurash klubi rahbari ham bo'lgan.