Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Dayana Kastilexo bilan bo'lgan suhbatda navbatdagi jangini shu yilning oxirigacha, aniqrog'i dekabr oyida o'tkazmoqchi ekanligini aytgan.
Mennining qishki jangdagi ehtimoliy raqiblaridan biri amerikalik Rolando Romero bo'lib, u so'nggi jangida Rayan Garsiyani sensacion tarzda mag'lub etgandi.
Eslatib o'tamiz, iyul oyida 46 yoshli Menni Pakyao yarimo'rta vazn toifasidagi WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritishga urinib ko'rgandi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jangda hakamlar biroz etirozli tarzda amerikalik chempion Mario Barriosga g'alabani taqdim etishgan edi.