Olti kun oldin Kotari vatandoshi Yamato Xatoga qarshi chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilgandi. To'liq o'n ikki raund davom etgan to'qnashuv durang natija bilan yakunlangan edi. Jang davomida Sigetosi bosh qismiga ko'plab zarbalar o'tkazib yuborgan va buning natijasida subdural gematoma tashxisi bilan shoshilinch bosh miya operaciyasini o'tkazish uchun kasalxonaga etkazilgandi.
Operaciyadan ikki kun o'tib, kecha tunda Kotari vafot etdi. Bu xabarni Yaponiya boks komissiyasi ham tasdiqladi.
"Ringdagi jangchi. Ruh bilan jangchi. Juda erta ketdi. Uning oilasi, jamoasi va butun yapon boks jamoatchiligi qayg'uda. Duolarimiz u uchun", - deyiladi xabarda.