SportUz.Net

CHarlz Oliveyra: "Menda hali ham isbotlashim kerak bo'lgan narsalar bor"

09.08.2025 16:42    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Iliya Topuriyadan og'ir nokaut qabul qilib olgach, qisqa muddatda Rafael Fizievga qarshi jang qilish haqidagi qaroriga izoh berdi.

"Ko'pchilik: “Bu raqamli turnir emas, to'lovi kamroq bo'ladi” deydi. Lekin bu pul haqida emas, raqamli turnir maqomi haqida ham emas. Bu millat haqida — o'z xalqing oldida jang qilish haqida. SHuning uchun menda energiya juda yuqori. Braziliyalik bazi jangchilar bu turnirda qatnashishni istamaydi, bazilari esa istaydi — har kimning o'z sababi bor. Kimdir uchun bu pul, men uchun esa yo'q. Men uchun bu nom. Oilam va xalqim oldida jang qilish haqida. Men Braziliyada ancha vaqtdan beri jang qilmaganman va bu men uchun juda katta ahamiyatga ega.

Men UFCda 15 yildan beri jang qilaman. O'zimning parvoz va sho'ng'ish davrlarim bo'lgan. Men bonuslar va sabmishenlar bo'yicha rekordga egaman. Engil vaznda sobiq chempionman. Mening tarixim yozib bo'lingan. Bu jang men uchun nima? Oilam va xalqim oldida jang qilish, hozirgidek baxtiyor bo'lish. SHunday ekan, hech qanday bosim yo'q. Men oddiy joydan chiqqan yigitman, dunyoda muvaffaqiyat qozondim va endilikda xalqim oldida yana jang qilishni istayman.

Uyga qaytdim, oilam bilan vaqt o'tkazdim va yana mashg'ulotga qaytdim. CHunki menda hali ham isbotlaydigan va erishadigan narsalar bor", — dedi braziliyalik jangchi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: