SportUz.Net

Ikki kishining o'limiga sabab bo'lgan SHavkat Rahmonovning rafiqasi 10 yilga qamalishi mumkin (+VIDEO)

30.07.2025 17:42    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berilganidek, 27 iyul kuni soat 08:50 da Olma-Ota - Ekaterinburg avtomagistralining 299-kilometrida ayanchli yo'l-transport hodisasi ro'y bergandi.

Qarag'anda viloyatidan Olma-Ota shahri tomon ketayotgan Toyota Land Cruiser 200 avtoulovi haydovchining rul boshqaruvini yo'qotishi natijasida ag'darilib ketgan edi. Buning natijasida mashinadagi ikki kishi vafot etgan, yana ikki yo'lovchi shifoxonaga etkazilgandi.

Avtomobilni O'zbekistonda tug'ilgan qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonovning rafiqasi Gulayim Rahmonova boshqargan. Gulayim bilan birga uning uch yoshli o'g'li ham bo'lgan. Hodisa oqibatida 39 yoshli yo'lovchi Z.A. voqea joyida, yana bir yo'lovchi, 35 yoshli A.S. Mo'yinqum tuman kasalxonasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

Rahmonova va uning o'g'li ham shu kasalxonasiga olib kelingan. Travmatologiya bo'limiga yotqizilgan ona-bolaning ahvoli o'rtacha deya baholangan. Ayni paytda ushbu YTH sabablari o'rganilmoqda. 

Advokat Bagdat Amandosulining aytishicha, Gulayim Rahmonovani 5 yildan 10 yilgacha bo'lgan muddatga qamoq jazosi kutmoqda. U 7 yilga avtotransport boshqarish huquqidan mahrum etiladi. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: