SportUz.Net

Dastin Pore UFC ro'yxatidan chiqarildi

31.07.2025 10:39    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida (70 kg gacha) sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore dunyoning eng kuchli Ligasi ro'yxatidan chiqarildi.

Bu haqda Liga tarkibidagi o'zgarishlarni kuzatib boruvchi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi UFC Roster Tracker akkaunti xabar berdi.

Amerikalik 36 yoshli aralash yakkakurash ustasi 20 iyul kuni Nyu-Orlean (Luiziana shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tgan UFC 318 turniri doirasida hamyurti Maks Xolloueyga qarshi kechgan trilogiyada hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'lgandi. Aynan ushbu jang Brilliant uchun professional faoliyatidagi so'nggisi bo'lib qoldi. 

Malumot uchun, Dastin Pore UFC promoushenida 15 yil davomida jang o'tkazdi va bu borada tom manoda afsonaga aylandi. Bu vaqt oralig'ida u 22 ta jangda g'alaba qozondi. Hisobida 9 mag'lubiyat va bitta o'tkazilmagan jang ham bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: