"Albatta, agarda menda tanlash imkoniyati bo'lganida, Islam Maxachev bilan jang qilardim. Lekin ayni paytda men uchun Jastin Getji bilan jangdan mano bordek ko'rinyapti. U yaqinda Rafael Fizievni mag'lub etdi. Lekin ayni holatda chempionlik jangiga loyiq emas - bu yuz foiz!
CHunki Fiziev bu jang haqida besh kun oldin xabar topib, qisqa muddatda oktagonga chiqdi. Hakamlar qarori bilan zo'rg'a Rafaelni yutdi. U Xolloueyga nokaut bilan yutqazdi. Hozir Jastin chempionlik jangi haqida gapiryapti lekin bu adolatdan emas. U bunga loyiq bo'lishi uchun mendan o'tishi kerak", - dedi Carukyan.