Amerikalik 38 yoshli aralash yakkakurash ustasining 17 iyun kuni Albukerkda (Nevada shtati, AQSH) sodir bo'lgan yo'l-transport xodisasi joyini tark etgani haqidagi ish bo'yicha ikkita sud majlisi - 14 avgust va 2 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Bu haqda nufuzli MMA Fighting portali muxbiri va insayderi Deymon Martin o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.
Malumotlarga ko'ra, keyinroq Jonsga qo'shimcha ayblov ham elon qilinadi. Jon tomoni takroriy ayblovlarni rad etish to'g'risida iltimosnoma kiritdi, biroq sudya hali bu masala bo'yicha qaror chiqarmadi.