O'shanda rossiyalik jangchi aralash yakkakurashlarda o'z faoliyatini endigina boshlagan edi. Bu haqiqatni uning o'zi ham tasdiqladi.
"Mening sevimli jangchilarim ko'p. Ularning qanday harakat qilishlarini, kurashishlarini ko'rish uchun doimo janglarini tomosha qilardim. Ammo yoshligimda meni ilhomlantirgan yagona inson - bu Xabib edi. CHunki har ikkimiz ham Rossiyadanmiz. MMA bilan shug'ullana boshlaganimda u biz uchun Xudo edi. O'shanda u hali chempion bo'lmagan, ammo juda mashhur edi" - dedi Carukyan CHak Liddellga bergan intervyusida.
SHuningdek, Arman intervyu davomida navbatdagi raqibi kim bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.
"Hozir men uchun Jastin Getji bilan jangdan mano bordek ko'rinyapti. U yaqinda Rafael Fizievni mag'lub etdi. Lekin ayni holatda chempionlik jangiga loyiq emas - bu yuz foiz! CHunki Fiziev bu jang haqida besh kun oldin xabar topib, qisqa muddatda oktagonga chiqdi. Hakamlar qarori bilan zo'rg'a Rafaelni yutdi. U Xolloueyga nokaut bilan yutqazdi. Hozir Jastin chempionlik jangi haqida gapiryapti lekin bu adolatdan emas. U bunga loyiq bo'lishi uchun mendan o'tishi kerak", - deya qo'shimcha qildi Carukyan.
Malumot uchun, ayni paytda Arman Carukyan UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.