SportUz.Net

Jangga ikki hafta qolganida Hasanboy Do'smatovning raqibi o'zgardi (FOTO)

07.07.2025 09:48    


Rasmni yuklab olish

Malum qilganimizdek, 20 iyul kuni Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahridagi shu nomdagi arenada professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Musobaqa doirasida havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov Filippin vakili Richard Lasponaga qarshi bahs olib borishi haqida xabar bergandik.

Ammo turnirga ikki hafta qolgan bir paytda Do'smatovning raqibi o'zgargani haqida xabarlar tarqaldi. Endilikda andijonlik charmqo'lqop ustasi Filippinning boshqa bir bokschisi — Mark Antonio bilan to'qnash kelali.

Malumot uchun, 32 yoshli Hasanboy hozirga qadar prof ringda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Yurtdoshimiz so'nggi jangini 2023 yil noyabr oyida Rossiya Federaciyasida JAR vakili Sipxamandla Baleniga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi. 28 yashar Mark Antonio hisobida esa 11 ta g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.

Takidlash joiz, Bishkekdagi boks oqshomida Do'smatovdan tashqari kosta-rikalik Devid Ximenes, qozog'istonlik Saken Bibosinov hamda Parij Olimpiadasida o'zbekistonlik Akmal Hasanov murabbiyligida ishtirok etgan qirg'izistonlik Munarbek Seytbek Uulu kabi taniqli bokschilar qatnashadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: