SportUz.Net

Beterbiev - Bivolga: "Dima, uchinchi jangni o'tkazishimiz uchun men necha yoshga kirishim kerak?"

07.07.2025 11:54    


Rasmni yuklab olish

Sobiq mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Artur Beterbiev hamyurti Dmitriy Bivolga uchinchi jang haqida murojaat qildi.

"Bilasizlar, mutlaq chempionlik uchun birinchi jang o'tgan yil oktyabrda bo'lib o'tgandi. Kamarlarni birlashtirishga besh yil urinib yurganimizdan so'ng, u jang nihoyat bo'lib o'tdi. Birinchi jangdan keyin ertasi kuni revansh haqida kelishib oldik. Bu revansh to'rt oy ichida o'tishi kerak edi, garchi men hali operaciyadan keyin to'liq tiklanmagan bo'lsam-da. Meni shifokorim va murabbiyim bunday erta revanshga qarshi edilar.

Ikkinchi jangdan keyin men darhol uchinchi jangga qiziqish bildirdim. Avvalga jang avgustda bo'lishi mumkin degan gaplar yurgandi. Keyin raqibim intervyularda jangni kuzda o'tkazishni xohlashini aytdi. So'ngra yil oxiriga qoldi. Endi esa umuman qachon bo'lishi nomalum.

Dima, uchinchi jangni o'tkazishimiz uchun men necha yoshga kirishim kerak?" — deb yozdi Beterbiev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: