SportUz.Net

Rasman: Doston Bozorov chempionlik kamarini vakant qoldirdi. Titulning yangi egasi Toshkentda aniqlanadi (POSTER)

07.07.2025 15:09    


Rasmni yuklab olish

Kecha Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 79 turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqa paytida engil vazn toifasining o'zbekistonlik chempioni Doston Bozorov o'z kamarini bo'sh qoldirishini elon qildi.

Octagon League'ning malum qilishicha, vakant qolgan titul uchun boshqa bir hamyurtimiz Amirxon Alixo'jaev Qozog'iston vakili Sayat Abduali bilan bahs olib boradi.

Jang 21 sentyabr kuni poytaxtimizda tashkil etiladigan Octagon 79 turniri doirasida o'tkaziladi.

Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan bo'lsa, Sayat Abduali 8 ta jangning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: