SportUz.Net

Eddi Xirn Joshuaning qachon ringga qaytishini aytdi

07.07.2025 15:30    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super og'ir vazn toifasida sobiq chempion Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn bokschining keyingi qadamlari haqida gapirdi.

"EyJey noyabr yoki dekabr oyida ringga qaytadi. U xotirjam. Biz uni raqibi kim bo'lishini hal qilmayapmiz, buni Entoni va uning mashg'ulot jamoasi hal qiladi. Lekin hammamiz: "Mana to'rt-beshta yigit, nima deb o'ylaysizlar? Bizga kim mos?", deya variantlar beramiz. Albatta, Tayson Fyuri bilan jang qilish ehtimoli bor, lekin biz abadiy kutmoqchi emasmiz. SHunday ekan, biz yaxshi g'alaba bilan qaytishimiz kerak. Entoni hech qaysi raqibni rad qilganini eshitmaganman. Balki aynan shu borada biz bir nechta xatolarga yo'l qo'ygandirmiz. Ammo bu uning xarakteri", deydi Xirn.

35 yoshli Entoni 2024 yil sentyabrida Daniel Dyubuaga nokaut bilan mag'lub bo'lganidan beri jang o'tkazmadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: