"Qarang, Iliya juda ko'p mashq qiladi, kuchli zarbaga ega va o'ziga ishonadi. U jangdan bir kun oldin g'alabani nishonlagani bekorga emas. U Oliveyrani nokaut qilishini oldindan bilgan.
Oliveyraning imkoniyatlari juda kam edi. U teykdaun qila olmadi va Topuriyadan ustun kela olmadi. CHarlzning grepplingi yaxshi, ammo zo'r emas. Topuriya u o'zi uchun eng qulay raqib ekanini yaxshi bilardi", — dedi Carukyan ESPN'ga bergan intervyusida.
"Adolatli bo'lish kerak". Sexudo UFC’ni Carukyan - Topuriya jangini tashkil qilishga chaqirdi