SportUz.Net

World Boxing tashkiloti kubogini 5 ta medal bilan yakunladik

07.07.2025 09:30    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha World Boxing tashkiloti kubogining hisob bo'yicha uchinchi turniri yakuniga etdi.

Musobaqada ishtirok etgan Elshod Rasulov boshchiligida O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. -65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 

U final jangida Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Navbahor jahon chempionati finalidagi mag'lubiyat uchun Busenazdan revansh oldi. Hamidova World Boxing kubogida chempionlikka erishgan birinchi o'zbek ayol bokschisi bo'ldi.   


G'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal

-65 kg. Navbahor Hamidova


Bronza medallar

-54 kg. Feruza Kazakova

-75 kg. Aziza Zokirova

-80 kg. Sohiba Ro'zmetova

+80 kg. Oltinoy Sotimboeva

Murabbiylar: Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov. 

SHifokor: Komiljon Rasulov. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: