Leonning so'zlariga ko'ra, u allaqachon UFC'ga Ian bilan jang tashkil etish bo'yicha so'rov yuborgan.
"Bu yaxshi bellashuv bo'lardi. Men UFC'ga o'sha jangni xohlashimni aytdim. Menimcha, bu qaytishning ajoyib usuli. Umid qilamanki, shu yil buni uddalaymiz", dedi Edvards.
Leon Edvards oxirgi jangini shu yilning mart oyida SHon Brediga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin imkoniyatni boy bergan edi.