SportUz.Net

Qudratillo Abduqahhorov ishtirokida kamar uchun kechgan jang muddatidan avval yakunlandi + FOTO

06.07.2025 10:12    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasining navbatdagi professiona boks oqshomi tashkil etildi.

Oqshom doirasida hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (21-5-0, 13 KO) rossiyalik mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Vadim Tukov (16-0-0, 7 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'rta vazn toifasida 10 raundga mo'ljallangan jang WBA Gold kamari uchun kechdi. 

Jangning ettinchi raunddida Tukov kuchli zarba evaziga Qudratillon muvozanatdan chiqardi. Abduqahhorov raundni yakunlab olish uchun o'zida kuch topa oldi. Lekin uning sekundantlari bokschimizni sakkizinchi raundga chiqishiga ruxsat berishmadi. 

Bunga charm qo'lqop ustamizning elkasidan olgan jarohati sabab bo'lgani aytilmoqda. Vadim Tukov g'alabali seriyasini 16 taga etkazib olgan holda WBA Gold kamariga ega chiqdi. Abduqahhorov esa faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: